O`zbekiston milliy terma jamoasi bilan Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasining guruh bosqichida kurash olib boradigan Ummon terma jamoasi Tojikiston bilan ikkinchi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi.
Uchrashuv Ummonning 1:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi. Yagona gol Xolid Al-Xajriy tomonidan 58-daqiqada kiritildi.
Birinchi o`rtoqlik o`yinida ham Ummon terma jamoasi 2:1 hisobida g`alaba qozongan edi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi doirasida ilk o`yinni Ummon bilan 9 yanvar kuni Sharja shahridagi "Sharjah stadium" o`yingohida o`tkazadi.
O`rtoqlik o`yini
Ummon - Tojikiston - 1:0
Gol: Xolid Al-Xajriy, 58.
16 dekabr. Maskat. "Sulton Qobus" stadioni. 1200 tomoshabin






