Aktyorlik ishi faqatgina suratga olish ishlari bilan cheklanib qolmaydi, deya ta`kidlamoqda Rambler nashri.
Ba`zi rollarga alohida tayyorgarlik, hatto qurbonlik keltirish ham zarur.
Tom Xenks “Surgun”dagi roli uchun 20 kilo ozishiga to`g`ri kelgan. Oqibatda 2-darajali qand kasalligiga mubtalo bo`lgan.
“Yigitlar yig`lamaydi” filmida bosh qahramon yigit rolini aktrisa Xillari Suonk ijro etgan. Oqibatda Xillari ancha paytgacha erkakka o`xshab yurgan.
Rene Zellveger “Brijit Jons kundaligi”ning suratga olish ishlarida 10-15 kilogrammga goh ozib, goh semirishga majbur bo`lgan.






