AsosiyDunyo

BRITANIYaLIK TALABA VII ASRGA OID QABRDAN XAZINA TOPDI

'BRITANIYaLIK TALABA  VII ASRGA OID  QABRDAN  XAZINA TOPDI'ning rasmi

23 yoshli tarixchi-talaba Tomas Lanking Britaniyaning Norfolk grafligida joylashgan Uinfarfing nomli qishloqda joylashgan qabristondan qiymati 195 ming dollarga teng bo`lgan xazina topdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Yigit eski qasr yonida joylashgan qabristonda qazish ishlarini olib borayotganida birdan uning metall izlovchi moslamasi jiringlab qolgan.

Lanking mazkur xazinani eski qabristondan 2015 yilda topgan, ammo xazinanig xaqiqiy narxini bilgandan keyingina buni jurnalistlarga ma`lum qilishga qaror qilgan.

Britaniyalik yigit topgan xazina eramizdan ilgari 650-675 yillarda yashab o`tgan ingliz-sakson nasroniylariga mansub ayolning qabridan topildi. Topilmalardan eng qimmatlisi bo`yinga taqiladigan yirik oltin zanjir bo`ldi.

Mahalliy tarixiy muzey Lanking topgan xazinaga qiziqish bildirdi. Yigit taqinchoqlarni sotishni rejalashtirganligini, uning puliga esa ko`chmas mulk olishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar