Tbilisi shahridagi sud Gruziya sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashviliga nisbatan «davlat-siyosiy lavozimlarni egallab turgan shaxslarning xizmat vakolatlarini suiiste`mol qilish» moddasi bo`yicha ayblov qo`ydi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Mixail Saakashvili bankchi Sandro Girgvlianining o`ldirilishi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo`yicha sirtdan uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Ta`kidlanishicha, Saakashvili Gruziya prezidenti bo`lgani holda, 2008 yilda Gruziya IIVning konstitusiyaviy xavfsizlik departamenti xodimlari jazo muddatini qisqartirgan. Ular esa Girgvlianining o`ldirilishida ayblangan.
Biroq Mixail Saakashvili o`zining aybini tan olmay, Gruziya sudining hukmini noqonuniy, deb hisoblashini ma`lum qildi.
Eslatib o`tamiz, Mixail Saakashvili 2008 yildan to 2013 yilga qadar Gruziya prezidenti lavozimida xizmat qilgan.






