Qozog`istonning Ostona shahridagi eski temir yo`l vokzalida portlovchi qurilma o`rnatilgani haqidagi xabar internet bo`ylab tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo`ldi. Voqea tafsilotlarini Qozog`iston Ichki ishlar Departamenti matbuot xizmatiga asoslanib “Kazinform” ma`lum qildi.
Shu yil 26 dekabrdan 27 dekabrga o`tar kechasi “112” ishonch raqamiga eski temir yo`l vokzalida bomba borligi haqida xabar kelib tushdi.
Vokzal hududida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilib, 150 fuqaro evakuasiya qilindi. Tekshiruv chog`ida portlovchi qurilma aniqlanmagan.
Hozirda yolg`on xabar tarqatishda gumon qilinib, muqaddam sudlangan, 64 yoshli shaxs qo`lga olingan.
Ayni paytda vokzal faoliyati odatdagi tartibda davom etmoqda.






