Xabaringiz bor, har yili BAAning Dubay shahrida yilning eng yaxshilari aniqlanadi. Unda turli nominasiyalar bo`yicha eng kuchlilar ma`lum qilinadi. Shu jumladan hakamlar borasida ham.
28 dekabr kuni Global Soccer Awards tomonidan aniqlanadigan hakamlar yo`nalishida hamyurtimiz FIFA referisi Ravshan Ermatov ham o`rin olgan, deya xabar qildi Sports.uz nashri.
Shuningdek, eng yaxshi bo`lish uchun Ermatovdan tashqari meksikalik Sizar Arturo Ramos, germaniyalik Feliks Brix, gambiyalik Bakari Gassama, braziliyalik Sandro Richchi nomzodlari ham bor.






