AsosiyJamiyat

11 may kuni maktablarda dars bo‘ladi, bog‘chalar esa ishlamaydi

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги 2026 йил 11 май кунига оид тартибни маълум қилди.

'11 may kuni maktablarda dars bo‘ladi, bog‘chalar esa ishlamaydi'ning rasmi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 dekabrdagi “2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 9 may — Xotira va qadrlash kuni besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sabab ushbu dam olish kuni 2026 yil 11 may — dushanba kuniga ko‘chirilgan.

Shunga asosan:

— 2026 yil 11 may kuni umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun (ushbu kunga belgilangan jadval bo‘yicha) dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bundan mustasno. — Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa 2026 yil 11 may dam olish kuni hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, nodavlat ta’lim muassasalarida dam olish kunlari mazkur muassasalarning ichki tartib-qoidalariga muvofiq belgilanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:10

    O'zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

    Respublika hududida kutilayotgan yomg‘irlar munosabati bilan shoshilinch ogohlantirish e’lon qildi.

    'Farg'Onada onasini o'ldirgan erkak 18 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:43

    'Buxoroda YPH xodimi Cobalt’da piyodani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:57

    Buxoroda YPH xodimi Cobalt’da piyodani urib yubordi

    Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

    'Prezident armiyani raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:08

    Prezident armiyani raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

    Prezident armiyani raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

    'Samarqandda xatnadan keyin ikki bola vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:50

    Samarqandda xatnadan keyin ikki bola vafot etdi

    Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

    'Yangi agentlik tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:45

    Yangi agentlik tashkil etildi

    Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.