AsosiyJamiyat

Buxoroda YPH xodimi Cobalt’da piyodani urib yubordi

Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

'Buxoroda YPH xodimi Cobalt’da piyodani urib yubordi'ning rasmi

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 27 aprel kuni soat 09:05 atrofida Vobkent tumanidagi Imom Buxoriy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, YHXB xodimi Yo.Mavlonov o‘ziga tegishli Cobalt avtomobilini boshqarayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 2009 yilda tug‘ilgan qiz — S.N.ni urib yuborgan. Oqibatda qiz yengil tan jarohatlari olgan. Ma’lum qilinishicha, YHX xodimi jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida uni shifoxonaga olib borgan. Shuningdek, xodim hodisa vaqtida xizmat vazifasini bajarayotgani, hushyor holatda bo‘lgani hamda avtomobilni boshqarish uchun barcha zarur hujjatlarga ega ekani bildirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Vobkent tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident armiyani raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:08

    Prezident armiyani raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

    Prezident armiyani raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

    'Samarqandda xatnadan keyin ikki bola vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:50

    Samarqandda xatnadan keyin ikki bola vafot etdi

    Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

    'Yangi agentlik tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:45

    Yangi agentlik tashkil etildi

    Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.

    'Andijonda davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:23

    Andijonda davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi

    Andijon viloyatida davlat mulki, elektr energiyasi hamda yer ajratish bilan bog‘liq bir nechta korrupsion holatlarga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

    'O‘zbekistonda uch oyda qariyb 200 ming chaqaloq tug‘ildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:51

    O‘zbekistonda uch oyda qariyb 200 ming chaqaloq tug‘ildi

    Toshkent viloyatida 14 ming 923 ta, Toshkent shahrida esa 14 ming 40 ta tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan.

    'Soliq qo‘mitasi blogerlarni “soya”dan chiqarmoqchi: 110 nafar faol vakil o‘rganildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:32

    Soliq qo‘mitasi blogerlarni “soya”dan chiqarmoqchi: 110 nafar faol vakil o‘rganildi

    3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar top-bloger faoliyati alohida tahlil qilingan.