2026 yilning yanvar-mart oylari davomida O‘zbekistonda 191 ming 86 ta tirik tug‘ilish holati qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tug‘ilgan chaqaloqlarning 98,5 ming nafari o‘g‘il bolalarni tashkil etgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning 51,5 foiziga teng. Qiz bolalar soni esa 92,6 ming nafar bo‘lib, jami tug‘ilishlarning 48,5 foizini tashkil qilgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etilgan — 23 ming 120 ta. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 21 ming 563 ta va Qashqadaryo viloyati — 21 ming 292 ta ko‘rsatkich bilan joylashgan.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 18 ming 468 ta, Andijon viloyatida 16 ming 849 ta, Namangan viloyatida 16 ming 157 ta chaqaloq dunyoga kelgan.
Toshkent viloyatida 14 ming 923 ta, Toshkent shahrida esa 14 ming 40 ta tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan.
Qolgan hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
— Xorazm viloyati — 9 ming 183 ta;
— Buxoro viloyati — 8 ming 741 ta;
— Jizzax viloyati — 8 ming 616 ta;
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 8 ming 80 ta;
— Navoiy viloyati — 5 ming 241 ta;
— Sirdaryo viloyati — 4 ming 813 ta.






