AsosiyJamiyat

Janubiy Koreyada robot buddaviy rohibga aylantirildi

Unga “Gabi” nomi berildi va yaqin orada ibodatxonada “faxriy rohib” sifatida xizmat boshlashi aytilmoqda.

'Janubiy Koreyada robot buddaviy rohibga aylantirildi'ning rasmi

Marosim Joge ordenida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida inson-rohib robotdan: “Muqaddas ta’limotga o‘zingni bag‘ishlashga tayyormisan?” deb so‘ragan. Robot esa: “Ha, men unga o‘zimni bag‘ishlashga tayyorman”, deb javob bergan.

Shundan keyin ruhoniy ustoz robot uchun maxsus moslashtirilgan beshta buddaviy qoidani tushuntirgan. Ular orasida hayotni hurmat qilish va zarar yetkazmaslik, boshqa robotlarni buzmaslik, insonlarga quloq solish va ularga qarshi chiqmaslik, so‘zda ham, harakatda ham aldamaslik, energiyani tejash hamda ortiqcha quvvat olmaslik kabi tamoyillar borligi aytilgan. So‘ng robotga buddaviycha «Gabi» nomi berilgan.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Gabi oddiy dindorlar uchun mo‘ljallangan qasamyodni qabul qilgan. Biroq u yaqin orada ibodatxonada “faxriy rohib” sifatida xizmat qila boshlaydi.

Joge ordenining madaniyat masalalari bo‘yicha mas’ul rohibi Son Vonnning aytishicha, ular talaffuzi oson, biroz eski uslubdagi va Buddaning mehr-shafqatini dunyoga yoyishga yordam beradigan ism tanlashni istagan.

Uning fikricha, robot uchun ishlab chiqilgan ushbu besh tamoyil kelajakda odamlar va mashinalarning tinch-totuv yashashi uchun asos bo‘lishi mumkin.

Marosim davomida robot «qo‘llari»ni oldida birlashtirib turgan, rohiblarga ta’zim qilgan va ulardan tasbeh qabul qilib olgan. Odatda rohiblikka qabul qilinayotgan inson qo‘llarini ladon tutuni yonida biroz kuyldirish marosimi o‘tkaziladi. Ammo robotga buning o‘rniga maxsus stiker yopishtirilgan. Gabi shuningdek rohiblar kiyimini ham kiygan edi.

Rejalarga ko‘ra, u yana uchta robot bilan birgalikda Buddaning tavalludi munosabati bilan o‘tkaziladigan lotos chiroqlari festivalida ishtirok etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yangi agentlik tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:45

    Yangi agentlik tashkil etildi

    Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.

    'Andijonda davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:23

    Andijonda davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi

    Andijon viloyatida davlat mulki, elektr energiyasi hamda yer ajratish bilan bog‘liq bir nechta korrupsion holatlarga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

    'O‘zbekistonda uch oyda qariyb 200 ming chaqaloq tug‘ildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:51

    O‘zbekistonda uch oyda qariyb 200 ming chaqaloq tug‘ildi

    Toshkent viloyatida 14 ming 923 ta, Toshkent shahrida esa 14 ming 40 ta tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan.

    'Soliq qo‘mitasi blogerlarni “soya”dan chiqarmoqchi: 110 nafar faol vakil o‘rganildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:32

    Soliq qo‘mitasi blogerlarni “soya”dan chiqarmoqchi: 110 nafar faol vakil o‘rganildi

    3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar top-bloger faoliyati alohida tahlil qilingan.

    'Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.05.2026 14:50

    Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi xabar berdi.