Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida uyushgan tarzda jamoat tartibini buzib kelgan bir guruh shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi. Ularning harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur shaxslar o‘zlarini qonundan ustun qo‘yib, ko‘cha bezoriligi bilan shug‘ullangani aniqlangan. Ular fuqarolarga ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazish orqali noqonuniy daromad topish bilan shug‘ullangan. Ayrimlari muqaddam sudlangani ham qayd etilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Fuqarolardan ushbu shaxslarning noqonuniy harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsa, tegishli idoralarga murojaat qilish so‘ralgan.






