AsosiyJamiyat

Soliq qo‘mitasi blogerlarni “soya”dan chiqarmoqchi: 110 nafar faol vakil o‘rganildi

3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar top-bloger faoliyati alohida tahlil qilingan.

'Soliq qo‘mitasi blogerlarni “soya”dan chiqarmoqchi: 110 nafar faol vakil o‘rganildi'ning rasmi

O'zbekiston Soliq qo'mitasida blogerlar faoliyati, ularning huquqiy maqomi hamda reklama orqali olinayotgan daromadlarni soliqqa tortish masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda qo'mita matbuot xizmati xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, blogerlar faoliyatini o'rganish doirasida sohaning eng faol 110 nafar vakili ro'yxatga olingan. Tahlillar natijasida ularning 55 nafari o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tgani aniqlangan. Qolgan 22 nafar esa jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritmoqda.

Soliq qo'mitasiga ko'ra, bu holat blogerlarning amaldagi faoliyati ko'lami bilan ularning huquqiy maqomi o'rtasida muayyan nomuvofiqlik mavjudligini ko'rsatadi.

Shuningdek, 3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar top-bloger faoliyati alohida tahlil qilingan. Qayd etilishicha, ular 2025 yil davomida jami 360 ta stories va 184 ta reklama posti joylashtirgan.

Elektron hisobvaraq-fakturalar orqali taqdim etilgan rasmiy hisobotlarga ko'ra, mazkur blogerlarning umumiy daromadi 2,7 milliard so'mni tashkil etgan. Ular tomonidan byudjetga 110,4 million so'm miqdorida soliq to'langan.

Uchrashuv davomida blogerlarga reklama joylashtirishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish bo'yicha qonunchilik normalari tushuntirilgan. Xususan, o'zini o'zi band qilgan shaxs maqomi xodim yollash huquqini bermasligi, amalda esa ayrim blogerlar tomonidan administrator, yordamchi va boshqa mutaxassislar jalb qilinayotgani qayd etilgan.

Tomonlar sohaga oid qator masalalarni muhokama qilgan. Shu bilan birga, blogerlar uchun soliq majburiyatlari va huquqiy savodxonlikka bag'ishlangan o'quv tadbirlarini tashkil etish taklifi ham ilgari surilgan.

Soliq qo'mitasi blogerlar faoliyatini soliq qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish hamda daromadlar shaffofligini ta'minlash muhim ekanini ta'kidlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yangi agentlik tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:45

    Yangi agentlik tashkil etildi

    Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.

    'Andijonda davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:23

    Andijonda davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi

    Andijon viloyatida davlat mulki, elektr energiyasi hamda yer ajratish bilan bog‘liq bir nechta korrupsion holatlarga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

    'O‘zbekistonda uch oyda qariyb 200 ming chaqaloq tug‘ildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:51

    O‘zbekistonda uch oyda qariyb 200 ming chaqaloq tug‘ildi

    Toshkent viloyatida 14 ming 923 ta, Toshkent shahrida esa 14 ming 40 ta tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan.

    'Janubiy Koreyada robot buddaviy rohibga aylantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:52

    Janubiy Koreyada robot buddaviy rohibga aylantirildi

    Unga “Gabi” nomi berildi va yaqin orada ibodatxonada “faxriy rohib” sifatida xizmat boshlashi aytilmoqda.

    'Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.05.2026 14:50

    Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi xabar berdi.