AsosiyJamiyat

Yangi agentlik tashkil etildi

Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.

'Yangi agentlik tashkil etildi'ning rasmi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kecha, 6 may kuni qabul qilingan “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida so‘z boradi.

Agentlik to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Agentlikning to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;
  • to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish.

O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilari a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etiladi.

Palata o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:23

    Andijonda davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi

    Andijon viloyatida davlat mulki, elektr energiyasi hamda yer ajratish bilan bog‘liq bir nechta korrupsion holatlarga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

    'O‘zbekistonda uch oyda qariyb 200 ming chaqaloq tug‘ildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:51

    O‘zbekistonda uch oyda qariyb 200 ming chaqaloq tug‘ildi

    Toshkent viloyatida 14 ming 923 ta, Toshkent shahrida esa 14 ming 40 ta tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan.

    'Soliq qo‘mitasi blogerlarni “soya”dan chiqarmoqchi: 110 nafar faol vakil o‘rganildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:32

    Soliq qo‘mitasi blogerlarni “soya”dan chiqarmoqchi: 110 nafar faol vakil o‘rganildi

    3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar top-bloger faoliyati alohida tahlil qilingan.

    'Janubiy Koreyada robot buddaviy rohibga aylantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:52

    Janubiy Koreyada robot buddaviy rohibga aylantirildi

    Unga “Gabi” nomi berildi va yaqin orada ibodatxonada “faxriy rohib” sifatida xizmat boshlashi aytilmoqda.

    'Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.05.2026 14:50

    Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi xabar berdi.