AsosiyJamiyat

O'zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Respublika hududida kutilayotgan yomg‘irlar munosabati bilan shoshilinch ogohlantirish e’lon qildi.

'O'zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 8–12 may kunlari yog'ingarchiliklar kuchayishi sabab respublikasining tog'oldi va tog'li hududlarida sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Ogohlantirishga ko'ra, quyidagi hududlarda xavf yuqori bo'lishi kutilmoqda:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog', Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G'uzor tumanlari.

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo'rg'on, Muzrabot tumanlari.

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung'ur, Nurobod, Qo'shrabot, Kattaqo'rg'on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari.

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari.

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G'allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari.

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, O'rtachi rchiq, Yuqorichi rchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari.

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo'rg'on tumanlari.

Farg'ona viloyati: So'x, Shohimardon, Farg'ona, Beshariq tumanlari.

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo'rg'ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo'jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.

Mutasad dilar tog'oldi va tog'li hududlarda yashovchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko'rishga chaqirdi.

Shuningdek, ayrim hududlarda kuchli yomg'irlar natijasida suv to'planishi kuzatilib, hududlarni suv bosishi ehtimoli borligi ta'kidlandi.

    Boshqa yangiliklar