AsosiyJamiyat

Farg'Onada onasini o'ldirgan erkak 18 yilga qamaldi

Bu haqda "Millar" ma'lum qildi.

'Farg'Onada onasini o'ldirgan erkak 18 yilga qamaldi'ning rasmi

Qayd etilishicha, fojiya tong soat 08:00 atrofida sodir bo‘lgan. Uch nafar farzandning onasi bo‘lgan ayol bilan uning to‘ng‘ich o‘g‘li o‘rtasida pul masalasida janjal chiqqan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, tortishuv vaqtida ayblanuvchi qo‘lidagi bolta bilan onasining bosh qismiga bir necha marta zarba bergan va unga og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.

Shundan keyin ham u harakatlarini to‘xtatmagan. Erkak xo‘jalik pichog‘i bilan ayolga yana jarohat yetkazib, uning bosh qismini tanasidan ajratgan.

Ma’lum qilinishicha, so‘ngra u jasadning tanasini tomorqaning bir qismiga, bosh qismini esa hojatxona orqasiga ko‘mib qo‘ygan va voqea joyidan qochib ketgan.

Mazkur jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi — o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topilgan.

Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda YPH xodimi Cobalt’da piyodani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:57

    Buxoroda YPH xodimi Cobalt’da piyodani urib yubordi

    Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

    'Prezident armiyani raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:08

    Prezident armiyani raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

    Prezident armiyani raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

    'Samarqandda xatnadan keyin ikki bola vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:50

    Samarqandda xatnadan keyin ikki bola vafot etdi

    Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

    'Yangi agentlik tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:45

    Yangi agentlik tashkil etildi

    Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.

    'Andijonda davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:23

    Andijonda davlat mulki, elektr va yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi

    Andijon viloyatida davlat mulki, elektr energiyasi hamda yer ajratish bilan bog‘liq bir nechta korrupsion holatlarga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

    'O‘zbekistonda uch oyda qariyb 200 ming chaqaloq tug‘ildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:51

    O‘zbekistonda uch oyda qariyb 200 ming chaqaloq tug‘ildi

    Toshkent viloyatida 14 ming 923 ta, Toshkent shahrida esa 14 ming 40 ta tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan.