2018 yilda Urganchdan Xivagacha temir yo'l qurilib, yo'lovchi poyezdlar qatnovining yo'lga qo'yilishi xalqimiz va qadimiy shaharga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun qulaylik tug'dirdi. Bundan tashqari Shovot - Gurlan - Qipchoq temir yo'lining qurib ishga tushirilishi natijasida Rossiya hamda Qozog'istondan yuklarni tashish masofasi 240 kilometrga, tashish vaqti esa 6 soatga qisqardi. Buxoro –Urganch- Xiva temir yo'lini elektrlashtirish loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Xazorasp temir yo'l vokzali foydalanishga topshirildi. Yaqinda Toshkent-Urganch-Xiva yo'nalishiga O'zbekistonda ishlab chiqarilgan 10 ta yangi zamonaviy vagon qo'yildi. Urganch xalqaro aeroportidan Urganch temir yo'l vokzaligach 11 km uzunlikda yangi elektrlashtirilgan temir yo'l tarmog'i qurilishi boshlandi.
Bugun 2026 yilning 5 may sanasida Jaloliddin Manguberdi tezyurar poyezdi Toshkent- Xiva yo'nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi. Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasida ishlab chiqarilgan ushbu zamonaviy poyezlda yo'lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Oddiy poyezdlar Toshkentdan Xivaga 14 soatda yetib borayotgan bo'lsa, yangi tezyurar poyezd buning uchun 7 soat 30 daqiqa vaqt sarflaydi va manzilga yetib borish vaqti qariyb 2 barobarga qisqaradi. Jaloliddin Manguberdi poyezdi Xiva temir yo'l vokzalida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantana bilan kutib olindi.






