Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Unda aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish, boshqaruv samaradorligini oshirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda xususiy klinikalar soni sezilarli oshgan: 2016-yilda 3,2 mingta bo‘lgan muassasalar 2026-yilga kelib 8,7 mingtaga yetishi kutilmoqda. Shu bilan birga, sohada nazorat mexanizmlari yetarli emasligi, litsenziyalash talablari zamonga mos emasligi kabi muammolar ham qayd etildi. Taqdimotda tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini kuchaytirish, nazoratni elektron tizim orqali amalga oshirish, shuningdek, xususiy klinikalarga budjet mablag‘lari hisobidan xizmat ko‘rsatish imkonini berish taklif qilindi. Akkreditatsiyadan o‘tgan xususiy muassasalarga transplantatsiya bilan shug‘ullanishga ruxsat berish ham rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 2030-yilga qadar barcha davlat tibbiyot muassasalarini bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalash, olis hududlarda klinikalar tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar ajratish va xorijiy mutaxassislar uchun soliq imtiyozlari joriy etish ko‘zda tutilgan. Sohaga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligini tashkil etish, shuningdek, “Health Invest” kompaniyasini yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, mas’ullarga ularni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Boshqa yangiliklar

Jamiyat Bugun 10:39
Shirin shahrida sodir bo‘lgan fojiali hodisa oqibatida bir ayol va uning 5 yoshli qizi halok bo‘ldi, yana bir bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

Jamiyat Bugun 09:55
Poytaxtda harakatlanayotgan avtomashina ustiga chiqib raqsga tushgan bir guruh o‘smirlar bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

Jamiyat Bugun 09:34
2026 yilning 17–22 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon shaharlar forumi o‘n uchinchi sessiyasi (WUF13) bo‘lib o‘tadi.

Jamiyat Bugun 08:35
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar rasmiylar tomonidan rad etildi.

Jamiyat Bugun 07:11
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda bir necha shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Jamiyat Bugun 06:26
Kievning Yevropa Ittifoqiga shoshilinch qo‘shilish borasidagi talablari Bryussel bilan munosabatlarda taranglikka sabab bo‘lmoqda.
