AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida zararli dasturlar sotgan shaxs ushlandi

“Telegram” orqali APK-fayllar tarqatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Toshkent viloyatida zararli dasturlar sotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati, Toshkent shahar IIBB hamda Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda zararli dasturlar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zi yaratgan zararli APK dasturlarni Telegram orqali 100–300 ming so‘m evaziga 10 ga yaqin foydalanuvchiga sotgan.

Shuningdek, u mijozlarga texnik ko‘mak ko‘rsatib, dasturlardan foydalanish bo‘yicha maslahatlar berib kelgan. Ta’kidlanishicha, mazkur dasturlar orqali boshqa shaxslarning Telegram akkauntlariga ruxsatsiz kirish, SMS xabarlarni o‘qish hamda to‘lov tizimlaridagi mablag‘larni o‘zlashtirish imkoni bo‘lgan.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi messenjerda 5 dan ortiq guruh va kanallarga administratorlik qilib, u yerda doimiy ravishda zararli dasturlarni targ‘ib qilgan.

Tadbir davomida undan “Asus ExpertBook” noutbuki, “Redmi Note 10 Pro” telephoni, qattiq disk va bank kartalari ash’yoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Fuqarolarga shubhali holatlar yuzasidan tegishli idoralarga murojaat qilish tavsiya etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'WOSCU va Islom sivilizatsiyasi markazi Buyuk Britaniyadan yo‘qolgan merosni qaytarishga erishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:58

    WOSCU va Islom sivilizatsiyasi markazi Buyuk Britaniyadan yo‘qolgan merosni qaytarishga erishdi

    Londonda, O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk Temuriylar tarixi va madaniy merosi” mavzusida xalqaro media-tadbir bo‘lib o‘tdi.

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:06

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Samarqandda bolani kaltaklagan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:01

    Samarqandda bolani kaltaklagan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

    Xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

    '5 kg simobni 240 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:05

    5 kg simobni 240 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    Buxoroda zaharlı moddani noqonuniy savdoga chiqargan shaxslar qo‘lga olindi.

    'Ҳаж–2026: Ўзбекистонликлар қачондан зиёратга бориши айтилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:15

    Ҳаж–2026: Ўзбекистонликлар қачондан зиёратга бориши айтилди

    Ilk parvozlar 2 maydan boshlanadi, ziyoratchilar 9 ta hududdan jo‘nab ketadi.

    'Toshkent viloyatida PPH xodimiga nisbatan bildirilgan ayblovlar rad etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:09

    Toshkent viloyatida PPH xodimiga nisbatan bildirilgan ayblovlar rad etildi

    Rasmiy maʼlumotga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.