Buxoro viloyatida yirik miqdordagi simobni sotmoqchi bo‘lgan ikki nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, G‘ijduvon tumanidagi kafelardan birida muqaddam sudlangan 1983 yilda tug‘ilgan shaxs yarim kilogramm simobni 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan. U kelishilgan puldan 4 ming dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Shuningdek, o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida tumanning “Zarangar” qishlog‘ida yashovchi 1961 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z hovlisida asalari qutilari ichida 5 kg simob saqlab kelayotgani aniqlangan. U moddani har kilogrammini 40 ming dollardan, jami 240 ming dollarga sotishni rejalashtirgan. Tadbir davomida 5 kg simob ashyoviy dalil sifatida olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Boshqa yangiliklar

Jamiyat Bugun 12:58
Londonda, O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk Temuriylar tarixi va madaniy merosi” mavzusida xalqaro media-tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jamiyat Bugun 11:06
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Jamiyat Bugun 11:01
Xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Jamiyat Bugun 10:56
“Telegram” orqali APK-fayllar tarqatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jamiyat Bugun 08:15
Ilk parvozlar 2 maydan boshlanadi, ziyoratchilar 9 ta hududdan jo‘nab ketadi.

Jamiyat Bugun 07:09
Rasmiy maʼlumotga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
