AsosiyJamiyat

Mirziyoyev narkobiznesga qarshi yangi xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Samarqanddagi forumda transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurash masalasi kun tartibiga chiqarildi.

'Mirziyoyev narkobiznesga qarshi yangi xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Jamoiat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum ishtirokchilariga murojaatida narkotiklar savdosi global xavfga aylanganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, narkobiznes nafaqat jinoyatchilik, balki terrorizmni moliyalashtiruvchi yirik yashirin iqtisodiyot manbaidir.

Davlat rahbari narkojinoyatlarga qarshi kurashda moliyaviy manbalarni cheklash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini qayd etib, kriptobirjalar uchun yagona identifikatsiya standartlarini joriy etish, offshor hududlar bilan ma’lumot almashinuvini kuchaytirish va “noma’lum manba” mablag‘larini avtomatik bloklash mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qildi. Shuningdek, noqonuniy mablag‘lar harakatini aniklaydigan “xalqaro raqamli qora kod” tizimini yaratish tashabbusi ham ilgari surildi.

Mirziyoyev BMT ma’lumotlariga tayanib, dunyoda 300 milliondan ortiq odam giyohvand moddalar ta’sirida ekanini, har yili qariyb 600 ming kishi bu illat qurboniga aylanishini qayd etdi. Ushbu xavf O‘zbekistonn ham chetlab o‘tayotgani ta’kidlanib, mamlakatda narkojinoyatlarga qarshi kurash umummilliy harakatga aylantirilgani aytildi.

Forum doirasida sun’iy intellekt asosida ishlaydigan yagona xalqaro raqamli platforma yaratish, Markaziy Osiyo narkologlar assotsiatsiyasini tashkil etish va narko-trafik yuqori hududlar uchun maxsus rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish kabi qator tashabbuslar ilgari surildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Солиқ тўламаганлик учун жавобгарлик кучайтирилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:47

    Солиқ тўламаганлик учун жавобгарлик кучайтирилди

    Yangi o‘zgartishlarga ko‘ra, ayrim holatlarda 7 yilgacha qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.

    'Yaponiyada sunami xavfi e'lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:46

    Yaponiyada sunami xavfi e'lon qilindi

    Kuchli zilziladan so‘ng sohil hududlarida favqulodda ogohlantirish berildi.

    'Andijonda giyohvandlik vositalari savdosiga chek qoʻyildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:04

    Andijonda giyohvandlik vositalari savdosiga chek qoʻyildi.

    Viloyatda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda katta miqdorda narkotik moddalar musodara qilindi.

    'AQSHdagi otishmada 8 nafar bola halok bo'ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:48

    AQSHdagi otishmada 8 nafar bola halok bo'ldi

    Louisiana shtatidagi qonli hodisa butun mamlakni larzaga soldi.

    'Oqdaryoda 315 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:38

    Oqdaryoda 315 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

    Samarqand viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

    'Mubashshir Ahmad Toshkent viloyatidagi koloniyaga koʻchirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:11

    Mubashshir Ahmad Toshkent viloyatidagi koloniyaga koʻchirildi

    Taniqli diniy olim va jamoat faoli Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) jazo muddatini o'tash uchun boshqa muassasaga o'tkazildi.