AsosiyJamiyat

Mahalliy quruvchilarning xalqaro loyihalardagi ulushi oshiriladi

Endilikda ularni xalqaro tenderlarga tayyorlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

'Mahalliy quruvchilarning xalqaro loyihalardagi ulushi oshiriladi'ning rasmi

Xalqaro moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan milliardlab loyihalarda mahalliy kompaniyalar ishtiroki yetarli emasligi tanqid qilindi. Endilikda ularni xalqaro tenderlarga tayyorlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda 20 milliard dollardan ortiq infratuzilma loyihalari amalga oshirilmog‘da. Biroq hatto yuqori reyting, yetarli mablag‘ va texnikaga ega mahalliy quruvchilar ham ushbu bozorda to‘liq ishtirok eta olmayapti, aksariyati subpudratchi sifatida qolib ketmog‘da.

Mutasaddidlar va buyurtmachi idoralar xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralarda mahalliy kompaniyalar imkoniyatlarini yetarlicha namoyish eta olmayotgani, shartnomalarda ularning manfaatlarini himoya qilmayotgani tanqid qilindi. Shuningdek, xalqaro tender shartlari o‘rganilmaganligi sabab, eng arzon taklif bergan korxonalar ham raqobatda yutqazayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan mahalliy loyihachi, quruvchi va konsultantlarni xalqaro tenderlarda qatnashishga o‘qitish tizimini yaratish vazifasi belgilandi. Shu bilan birga, ayrim quruvchilar qo‘shni davlatlardagi xalqaro loyihalarda bosh pudratchi sifatida ishtirok eta boshlagani ijobiy baholandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollar rasmiy kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:28

    Dollar rasmiy kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Turkiyada litseyda qurolli hujum: o‘nlab kishilar jarohatlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:44

    Turkiyada litseyda qurolli hujum: o‘nlab kishilar jarohatlandi

    Hozir vaziyat to‘liq nazorat ostida. Hodisa yuzasidan keng qamrovli tergov ishlari olib borilmoqda.

    '"El-yurt umidi" stipendiati vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:54

    "El-yurt umidi" stipendiati vafot etdi

    Buni jamg‘arma matbuot kotibi Elvina Mustafina Drakchi.uz’ga ma’lum qildi.

    'Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:35

    Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

    Sirdaryo viloyatida iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudya katta miqdorda pora olganlikda gumonlanib, tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

    'Samarqandda yashirin spirt sexi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:39

    Samarqandda yashirin spirt sexi fosh etildi

    Samarqand viloyatining Jomboy tumanida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi, katta miqdordagi mahsulotlar musodara qilindi.

    'Orban mag'lubiyatdan so'ng murojaat qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:08

    Orban mag'lubiyatdan so'ng murojaat qildi

    Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchragach, videomurojaat bilan chiqib, o‘z partiyasi qo‘llab-quvvatlovi saqlanib qolayotganini ta’kidladi.