Turkiyaning Shanliurfa viloyatida joylashgan litseyida sodir etilgan qurolli hujum oqibatida kamida 18 kishi jarohat oldi, hujumchi esa voqea joyida halok bo‘ldi.
Habarlarga ko‘ra, 14 aprel kuni Shanliurfa viloyati Siverek tumanidagi Ahmad Koyunju kasb-hunar va texnik Anadolu litseyida qurolli hujum yuz bergan. Oqibatda 12 nafar o‘quvchi, 2 nafar o‘qituvchi va 2 nafar fuqaro jarohatlangan. Barcha jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.
Guvohlarning aytishicha, hujumchi maktabga qo‘lida uzun stvolli qurol bilan kirib, atrofga o‘q uzgan. Vahima oqibatida ayrim o‘quvchilar qochish maqsadida derazalardan sakragan.
Voqea joyiga tez yordam, politsiya va maxsus kuchlar jalb qilingan. O‘quvchilarning katta qismi evakuatsiya qilingan.
Viloyat hokimi ma’lum qilishicha, hujum uyushtirgan shaxs litseyning sobiq o‘quvchisi bo‘lgan va politsiya tomonidan o‘rab olingach, o‘z joniga qasd qilgan.






