Ma’lum qilinishicha, viloyat iqtisodiy sudi sudyasi E.S. o‘z ish yuritishida bo‘lgan ishni kassatsiya instansiyasida ma’lum MChJ foydasiga hal qilib berish evaziga 3 600 AQSh dollar olganlikda gumon qilinmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u pora pullari bilan ushlanganligi qayd etilgan.
Oliy sud tomonidan sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni nopok kadrlardan tozalash borasida izchil ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish va qonunbuzarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratilmoqda.






