AsosiyJamiyat

Eron besh arab davlatidan tovon talab qildi

Eron hukumati AQSH va Isroil bilan bog‘liq harbiy operatsiyalarda ishtirok etgani aytilgan besh arab davlatidan kompensatsiya talab qildi.

'Eron besh arab davlatidan tovon talab qildi'ning rasmi

Bu haqida Tehron Birlashgan Millatlar Tashkilotiga rasmiy murojaat yo‘llaganini bildirdi.

Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy tomonidan yuborilgan hujjatda Bahrayn, Sauudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya javobgarlikka tortilishi kerakligi qayd etilgan.

Tehron ushbu davlatlar o‘z hududlarini hujumlar uchun taqdim etgani va ayrim hollarda bevosita ishtirok etganini ta’kidlab, bu harakatlarni xalqaro huquq nuqtai nazaridan “agressiya” deb baholamoqda.

Shu bilan birga, Fors ko‘rfazi davlatlari va Iordaniya bu ayblovlarni rad etib, AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyalarida ishtirok etmaganini ma’lum qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"El-yurt umidi" stipendiati vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:54

    "El-yurt umidi" stipendiati vafot etdi

    Buni jamg‘arma matbuot kotibi Elvina Mustafina Drakchi.uz’ga ma’lum qildi.

    'Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:35

    Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

    Sirdaryo viloyatida iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudya katta miqdorda pora olganlikda gumonlanib, tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

    'Samarqandda yashirin spirt sexi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:39

    Samarqandda yashirin spirt sexi fosh etildi

    Samarqand viloyatining Jomboy tumanida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi, katta miqdordagi mahsulotlar musodara qilindi.

    'Orban mag'lubiyatdan so'ng murojaat qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:08

    Orban mag'lubiyatdan so'ng murojaat qildi

    Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchragach, videomurojaat bilan chiqib, o‘z partiyasi qo‘llab-quvvatlovi saqlanib qolayotganini ta’kidladi.

    'Markaziy bank 188 ta moliya tashkilotini jarimaga tortdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:16

    Markaziy bank 188 ta moliya tashkilotini jarimaga tortdi

    Bank nazorati qo‘mitasi yig‘ilishlarida 29 ta muhim masala ko‘rib chiqildi.

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:07

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    “O‘zgidromet” 14 aprel kuni iliq va quruq ob-havo kuzatilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.