Ichki ishlar va bojxona organlari tomonidan joriy yil boshidan buyon 207 ta o‘qotar qurollar bilan bog‘liq holat aniqlandi, shuningdek aholi o‘z ixtiyori bilan 120 ta qurol topshirdi.
Davlat organlari olib borgan tizimli profilaktik va tezkor tadbirlar samarasida Qoraqalpog‘iston, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida eng ko‘p holatlar qayd etildi.
Shuningdek, tadbirlar davomida 242 ta pnevmatik qurol va 5 271 dona o‘q-dorilar aniqlandi, bojxona organlari esa 28 ta qonunbuzilish holatini va 1,27 kg portlovchi moddalarni ushlab qoldi.
Mazkur choralar davlat nazoratini kuchaytirish va jamoat xavfsizligini ta’minlashda o‘z samarasini bermoqda.






