Istanbulda taniqli shaxslarga qaratilgan giyohvand moddalar bilan bog‘liq tergov doirasida 14 nafar gumondor qo‘lga olindi. Bu haqda rasmiy manbalarga tayanib Zamon.uz ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida biznesmenlar Fikret Orman va Burak Elmas ham bor.
Istanbul Bosh prokuraturasi bayonotida aytilishicha, jamiyatning umumiy axloqi, ijtimoiy tuzilmasi va oila tartibini saqlash maqsadida ushbu shaxslar ustidan surishtiruv boshlangan.
Olib borilgan ishlar va to‘plangan dalillar tahliil qilganida, iste’mol qilish maqsadida narkotik modda saqlagan yoki ularning tarqalishiga hissa qo‘shgan 16 nafar gumondor bo‘yicha hibsga olish buyrug‘i berilgan.
Surishtiruv doirasida Istanbul Narkotik jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari gumonlanuvchilarni qo‘lga olish maqsadida 16 ta manzilda bir vaqtda amaliyot o‘tkazgan. Natijada 14 kishi hibsga olingan, 2 kishi qidiruvga berilgan.
Shuningdek, surishtiruv doirasida hibsga olish uchun buyruq berilgan shaxslar quyidagilar:
Fikret Orman, Guzide Aksoy (Guzide Duran), Hakan Sabanji, Karim Sabanji, Hande Erchel, Burak Elmas, Sezgin Koysuren, Ferhat Aydin, Lutfiye Tug‘che O‘zbudak, Koray Serenli, Onur Bukchu, Ismoil Behram Perinchekli, Kaan Mellart, Didem Soydan, Onur Talay, Mustafo Tari.






