Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish va noqonuniy dori aylanmasini cheklashga alohida e'tibor qaratilmokda.
Parkent tumanidagi farmatsevtika korxonasida tekshiruvda 55 840 dona "Menovazin", 25 000 dona "Vodorod peroksidi", 50 800 dona "Etil spirti" va 28,27 mln dona yorliq-etiketkalar yaroqlilik muddati tugagan holda saqlanayotgani aniqlandi. Ular 2025–2026 yilda ishlab chiqarilgan degan ma'lumot bilan qayta qadoqlab, sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, poytaxtda to'xtatilgan Farg'ona shahri fuqarosining qo'l yuklarida O'zbekistonga olib kirilishi taqiqlangan 6 597 dona dori vositalari, qiyvati taxminiy 763 mln so'm borligi aniqlandi. Uning xonadonida 107 dona dori vositalari ham topildi.
Hozirda har ikki holat bo'yicha ekspertiza va surishtiruv ishlari olib borilmokda. Aholiga faqat rasmiy dorixonalardan dori xarid qilish va sifatga e'tibor qaratish tavsiya qilinadi. Noqonuniy holatlarni DXXning 1520 qisqa raqamiga xabar berish mumkin.






