Livan Tashqi ishlar vazirligi Eronning Bayrutdagi elchisi Muhammad Rizo Shayboniy akkreditatsiyasini bekor qilib, uni "persona non grata" deb eʼlon qildi. Rasmiy bayonotga koʻra, u hafta oxirigacha mamlakatni tark etishi shart.
Maʼlum qilinishicha, ushbu qaror Eron tomoni diplomatik munosabatlar qoidalarini buzgani haqidagi baholar fonida qabul qilingan. Shu bilan birga, Livon oʻzining Tehrondagi elchisini ham maslahatlashuvlar uchun chaqirib olgan.
Bundan tashqari, Livon TIV Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi ehtimoliy "terrorchilik fitnasini" qoralab, unda "Hizbulloh" ishtirok etganini tanqid qilgan.






