AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda masjidlar orqali favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantirish tizimi joriy etildi.

Mamlakat bo‘ylab 272 ta masjidga maxsus ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi. Tizim 6,5 million aholini qamrab oladi va aloqa yoki elektrik uzilganida ham ishlaydi.

'O‘zbekistonda masjidlar orqali favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantirish tizimi joriy etildi.'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlarda aholini tezkor xabardor qilish maqsadida O‘zbekistonda masjidlar tashqi ovoz kuchaytirgichlari bilan jihozlandi. Loyihani BMT Taraqqiyot dasturi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida amalga oshirildi.

Hozirgacha Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi masjidlar tizimga ulandi. Natijada 6,5 millionga yaqin aholi favqulodda xabarlardan tezkor xabardor bo‘la oladi.

Masjidlarning tanlanishi tasodifiy emas — ular aholi punktlarida keng qamrovni ta’minlaydi. Ovoz kuchaytirgichlar 500 metrdan 2000 metrgacha eshitilishni kafolatlaydi. Tizim mobil aloqa yoki elektr ta’minoti uzilganda ham ishlash imkoniyatiga ega, bu esa ishonchli axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

Loyihaning qo‘shimcha qismi sifatida asosiy yo‘llar va gavjum joylarga 28 ta tashqi ekran o‘rnatilib, favqulodda xabarlarni yetkazishda qo‘shimcha kanal sifatida ishlatiladi. Tizim ayniqsa keksa yoshdagilar, bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'NASA Marsga "Ingenuity" tipidagi yangi robot vertolyotlarni yuboradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:38

    NASA Marsga "Ingenuity" tipidagi yangi robot vertolyotlarni yuboradi

    Mazkur missiyada "Ingenuity" turidagi robot vertolyotlar ham yetkazib beriladi.

    'Amudaryodagi qamishzorlar rejalashtirilgan tartibda yoqilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:42

    Amudaryodagi qamishzorlar rejalashtirilgan tartibda yoqilmoqda

    O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi kichik orolchalardagi qamishzorlar yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida mutasaddi idoralar nazorati ostida yoqilmoqda.

    'Istanbulda giyohvand moddalar ishi bo‘yicha 14 nafar taniqli shaxs hibsga olindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:43

    Istanbulda giyohvand moddalar ishi bo‘yicha 14 nafar taniqli shaxs hibsga olindi.

    Habsga olish uchun buyruq berilgan shaxslar orasida Hakan Sabanci, Hande Erchel, Guzide Aksoy kabi mashhurlar bor.

    'Sifatı kafolatlanganmagan dori vositalari savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:00

    Sifatı kafolatlanganmagan dori vositalari savdosi fosh etildi

    Toshkent viloyati va poytaxtda olib borilgan tekshiruvlar natijasida yaroqlilik muddati tugagan va noqonuniy dori vositalari aniqlandi.

    'Qurollar va o‘q-dorilar muomalasi ustidan nazorat kuchaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:06

    Qurollar va o‘q-dorilar muomalasi ustidan nazorat kuchaytirildi

    Mazkur choralar davlat nazoratini kuchaytirish va jamoat xavfsizligini ta’minlashda o‘z samarasini bermoqda.

    'Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:36

    Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

    O‘rta Chirchiqdagi xonadonda gaz oqib chiqishi oqibatida uch nafar fuqaro, shu jumladan 14 yoshli bola, halok bo‘ldi.