Eronning sobiq oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanayining bevasi Mansureh Xojasteh Bag‘erzoda tirik ekani tasdiqlandi. Uning vafot etgani haqidagi dastlabki xabarlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Fars News” agentligi xabar berdi.
Kecha, 12 mart kuni Eronning amaldagi oliy rahnamosi Mujtabo Xomanayiy ilk rasmiy nutqida halok bo‘lgan yaqinlari qatorida onasini tilga olmagan edi. U AQSh va Isroil hujumlari oqibatida o‘zining turmush o‘rtog‘i, singlisi, jiyani va pochchasi halok bo‘lganini aytib, shahidlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirishini aytgan.
“Fars News” agentligi usbu taxminlarni tasdiqlab, ayrim nashrlar sobiq rahbarning turmush o‘rtog‘i shahid bo‘lgani haqidagi xabarni yanglishib e’lon qilganini ta’kidladi.
Shuningdek, Mujtabo Xomanayiy o‘z murojaatida xalqaro yuk tashish uchun muhim yo‘l bo‘lgan Hurmuz bo‘g‘ozi yopiq qolishini qat’iy ta’kidlagan. U armiya hamda xalqning bardoshini maqtab, dushmanga qarshi samarali mudofaa davom etishini ma’lum qilgan.






