AsosiyJamiyat

"Eron ustida kislotali bulutlar paydo bo‘ldi" degan xabarlar asossiz — mutaxassislar

Ijtimoiy tarmoqlarda Eron hududida go‘yoki "kisotali bulutlar" shakllanib, ular yog‘inlar bilan Markaziy Osiyoga yetib kelishi mumkinligi haqida tarqalayotgan xabarlar ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan.

'"Eron ustida kislotali bulutlar paydo bo‘ldi" degan xabarlar asossiz — mutaxassislar'ning rasmi

Mutaxassislarning tushuntirishicha, kislotali yog‘inlar atmosferada oltingugurt oksidlari (SO₂) va azot oksidlari (NO₂) uzoq vaqt to‘planib, bulutlarda suv bug‘i bilan kimyoaviy reaktsiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday jarayonlar odatda yirik sanoat hududlari va chiqindi manbalari yaqinida kuzatiladi.

Havo massalari uzoq masofaga ko‘chayotganda esa ifloslantiruvchi moddalar kontsentratsiyasi atmosfera jarayonlari — turbulentlik, vertikal aralashish hamda quruq va nam cho‘kish ta’sirida keskin kamayadi. Shu sababli manbadan minglab kilometr uzoqlikda xavfli darajadagi kislotali yog‘inlar shakllanishi deyarli mumkin emas.

Shuningdek, yog‘inlarning hosil bo‘lishi mahalliy bulut hosil bo‘lish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, yomg‘ir asosan hudud ustidagi atmosferada mavjud suv bug‘i va aerozollar hisobiga shakllanadi.

Meteorologik kuzatuvlar hamda atmosfera havosini sifat monitoringi natijalariga ko‘ra, kislotali bulutlarning O‘zbekiston yoki qo‘shni davlatlar hududiga ko‘chib kelishi havfi kuzatilmayapti.

Mutasaddilar OAV va ijtimoiy tarmoqlardan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmamaslikni, faqat rasmiy manbalarga tayanishni so‘radi. Shuningdek, yolg‘on yoki tekshirilmagan axborotni tarqatish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi eslatildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda qalbaki dori-darmonlar savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:23

    Buxoroda qalbaki dori-darmonlar savdosi fosh etildi

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Buxoro viloyatida sifatı kafolatlanmagan dori vositalarini tayyorlab, sotib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘ydi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:26

    'Andijonda erkakni "shantaj" qilish bilan pul talab qilgan ayollar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:18

    Andijonda erkakni "shantaj" qilish bilan pul talab qilgan ayollar ushlandi

    Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berishicha, 24 yoshli erkakni “shantaj” qilish orqali 20 ming dollar talab qilgan ikki ayol ushlandi.

    'Bugun ayrim hududlarda Chang-to‘zon ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:47

    'O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:07

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi

    Toshkent, O‘zbekiston — sayohat va madaniyatga bag‘ishlangan dunyoning yetakchi jurnallaridan biri Condé Nast Traveler “The Best Places to Visit in June, From Route 66 to Uzbekistan” (“Iyun oyida sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar: Route 66 dan O‘zbekistongacha”) nomli materialida Toshkent shahri va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini iyun oyida sayohat qilish uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritdi.

    'Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.03.2026 15:37

    Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

    Uy kalitini topshirish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi.