AsosiyJamiyat

Harbiy poligonda yirik yong‘in yuz berdi

Hozircha yong‘in to‘liq nazoratga olinmagan bo‘lib, uni bartaraf etish bir necha kun davom etishi mumkin.

'Harbiy poligonda yirik yong‘in yuz berdi'ning rasmi

Niderlandiyaning Gelderland viloyatida joylashgan harbiy hududda katta yong‘in sodir bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, “T-Xarde” qishlog‘i yaqinidagi artilleriya poligonida chiqqan yong‘in taxminan 500 gektar maydonni qamrab olgan. Hududda portlamay qolgan o‘q-dorilar mavjudligi o‘t o‘chirish ishlarini qiyinlashtirmoqda, shu bois mutaxassislar asosan xavfsiz chekka hududlarda ish olib bormoqda.

Hozircha yong‘in to‘liq nazoratga olinmagan bo‘lib, uni bartaraf etish bir necha kun davom etishi mumkin. Operatsiyaga 100 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi va harbiy texnika jalb qilingan.

Shuningdek, Shimoliy Brabant viloyatidagi yana bir harbiy poligonda ham yong‘in qayd etilgani ma’lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar