AsosiyJamiyat

Toshkentda hokimlikning ikki xodimi pora bilan ushlandi

Hozirgi holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mansabdorlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

'Toshkentda hokimlikning ikki xodimi pora bilan ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yashnobod tumani hokimligiga aloqador ikki mansabdor shaxs pora olayotganda qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qashshoqlikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqarodan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, u tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqaroning ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan turar joy xonadonini noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsat olib berish va hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashishni va’da qilgan.

Shuningdek, mazkur masalani hal qilishda Yashnobod tuman hokimiyati bo‘linma rahbari ham ishtirok etgani ma’lum bo‘lgan. Tezkor tadbir davomida usbu mansabdor shaxs 600 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda usbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:28

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:04

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:01

    'Angrenda dahiy itlar hujumi oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 06.03.2026 17:40

    Angrenda dahiy itlar hujumi oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘ldi

    Toshkent viloyatining Angren shahrida maktabdan qaytayotgan 8 yoshli bola d’aydi itlar hujumiga uchrab, voqea joyida vafot etgani aytilmoqda.

    'Farmatsevtikani rivojlantirishda ilm-fan va malakali mutaxassislar tayyorlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 06.03.2026 15:51

    Farmatsevtikani rivojlantirishda ilm-fan va malakali mutaxassislar tayyorlanadi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

    'Prezident: “Bu yil 1,5 mln ayolni daromadli qilishni maqsad qilganmiz”'ning rasmi

    Jamiyat 06.03.2026 12:37

    Prezident: “Bu yil 1,5 mln ayolni daromadli qilishni maqsad qilganmiz”

    Shavkat Mirziyoyev 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini oshirish va ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.