AsosiyJamiyat

Prezident sun'iy intellekt va raqamlashtirish bo'yicha yangi vazifalarni belgiladi

Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yaqin yillardagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

'Prezident sun'iy intellekt va raqamlashtirish bo'yicha yangi vazifalarni belgiladi'ning rasmi

Yig‘ilishda iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, davlat xizmatlarini yaxshilash va IT eksportini keskin oshirishga qaratilgan rejalar muhokama qilindi.

Unga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida IT xizmatlari eksportini 5 mlrd dollarga yetkazish, sohada 300 ming yoshni band qilish hamda mamlakatni BMTning Elektron hukumat indeksida top-30 talikka olib kirish rejalashtirilgan. Sun’iy intellekt bo‘yicha 100 ga yaqin amaliy loyiha va 200 dan ortiq tajriba tashabbuslari boshlangan bo‘lib, yangi GPU-klasterlar va R&D markazlar barpo etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, transport va sanoatda AI yechimlarini keng joriy etish, maktablarda raqamli infratuzilmani yangilash hamda mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xususiy klinikalarga organ transplantatsiyasiga ruxsat beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:05

    Xususiy klinikalarga organ transplantatsiyasiga ruxsat beriladi

    Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

    'Mirziyoyev sog‘liqni saqlashda xususiy sektorni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflar bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:35

    Mirziyoyev sog‘liqni saqlashda xususiy sektorni kengaytirish bo‘yicha yangi takliflar bilan tanishdi

    Taqdimotda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, litsenziyalash tizimini kuchaytirish va sohaga investitsiyalarni jalb qilishning yangi mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

    'Sirdaryoda ayol erining qonuniy xotini va farzandini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:39

    Sirdaryoda ayol erining qonuniy xotini va farzandini pichoqlab o‘ldirdi

    Shirin shahrida sodir bo‘lgan fojiali hodisa oqibatida bir ayol va uning 5 yoshli qizi halok bo‘ldi, yana bir bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

    'Toshkentda Nexia-2 ustida raqsga tushgan o‘smirlar aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:55

    Toshkentda Nexia-2 ustida raqsga tushgan o‘smirlar aniqlandi

    Poytaxtda harakatlanayotgan avtomashina ustiga chiqib raqsga tushgan bir guruh o‘smirlar bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

    'Boku shahrida BMTning urbanizatsiya bo‘yicha eng yirik global forumi — WUF13 bo‘lib o‘tadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:34

    Boku shahrida BMTning urbanizatsiya bo‘yicha eng yirik global forumi — WUF13 bo‘lib o‘tadi

    2026 yilning 17–22 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon shaharlar forumi o‘n uchinchi sessiyasi (WUF13) bo‘lib o‘tadi.

    '“Elektron resept” tizimi bekor qilinmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:35

    “Elektron resept” tizimi bekor qilinmaydi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar rasmiylar tomonidan rad etildi.