AsosiyJamiyat

Eron, AQSh va Isroil o'rtasidagi urushning 7- kuni

Nimalar ma'lum?

'Eron, AQSh va Isroil o'rtasidagi urushning 7- kuni'ning rasmi

Mojaroning yettinchi kuni ertalabiga kelib, Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi keskinlik hanuz juda yuqori darajada qolmoqda. Tunda va tongda raketa zarbalari hamda harbiy amaliyotlar davom etdi.

AQSh Eronning harbiy ob’ektlariga keng ko‘lamli zarbalarni davom ettirmoqda. AQSh Markaziy qo‘mondoni general Brad Cooper so‘nggi 72 soat ichida Amerika bombardimonchi samolyotlari o‘nlab nishonlarga zarba berganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, strategik B-2 samolyotlari yer ostida chuqur joylashgan ballistik raketa ob’ektlariga ham hujum qilgan.

Isroil armiyasi matbuot xizmati Bayrutga yangi zarbalar to‘lqini boshlanganini ma’lum qildi. Isroil harbiylari shaharning Dahiya tumanida joylashgan "Hizbulloh" infratuzilmasiga hujum qilgan.

Eron droni Ozarbayjonning Naxichevan shahridagi xalqaro aeroportga zarba berdi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bu hodisani terrorchilik akti deb atadi. Shundan so‘ng Boku Eron bilan chegaradan yuk mashinalari harakatini vaqtincha to‘xtatdi hamda Eron fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqladi.

 Ayrim manbalarga ko‘ra, so‘nggi besh kun ichida Eron 12 davlatga hujum qilgan: Ozarbayjon, Isroil, AQSh, Bahrayn, Iroq, Iordaniya, Quvayt, Ummon, Qatar, Sauudiya Arabistoni, BAA va Kipr.

 Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ramaganini va AQSh bilan muzokara olib borishni rejalashtirmayotganini aytdi. U shuningdek, AQSh tomonidan ehtimoliy quruqlikdagi bosqin "falokatli oqibatlarga" olib kelishini ogohlantirdi. Aroqchining ta’kidlashicha, Rossiya va Xitoy Eronni siyosiy va boshqa shakllarda qo‘llab-quvvatlamoqda.

Eron hozircha Hormuz bo‘g‘ozini yopishni rejalashtirmayapti, dedi mamlakat TIV rahbari.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'BMW urib ketgan YПX inspektori oilasiga uy berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:25

    BMW urib ketgan YПX inspektori oilasiga uy berildi

    Toshkentda xizmat vaqtida halok bo‘lgan YPX inspektori Hosilbek Eshnazarov xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik majmuasi ochildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.03.2026 15:36

    'Ozarbayjon har qanday tahdidni "temir musht" bilan qarshi oladi — Aliyev'ning rasmi

    Jamiyat 05.03.2026 14:40

    Ozarbayjon har qanday tahdidni "temir musht" bilan qarshi oladi — Aliyev

    Prezident mamlakatga qarshi chiqquvchilar qat'iy javobga uchraishiga e'tibor qaratdi.

    'Эрон Озарбайжонга дрон ҳужумида айбни Исроилга тўнкади'ning rasmi

    Jamiyat 05.03.2026 14:00

    Эрон Озарбайжонга дрон ҳужумида айбни Исроилга тўнкади

    Bosh shtab barcha da'volarni rad etib, bu harakatni "soxta sionist rejim"ning terrorchilik harakati deb atadi.

    'Kreml: Eron Rossiyadan yordam so‘ramadiTehran o‘zini mustaqil himoya qila olishini bildirgan'ning rasmi

    Jamiyat 05.03.2026 12:38

    Kreml: Eron Rossiyadan yordam so‘ramadiTehran o‘zini mustaqil himoya qila olishini bildirgan

    Ma'lumot uchun, 2025 yil yanvarida Rossiya va Eron "Har tomonlama strategik sheriklik to'g'risida"gi shartnomani imzolagan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.03.2026 12:19