Bugun, 2 mart kuni Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasiga zarba berdi. Bu haqda IIQK matbuot xizmati xabar berdi.
“Haqiqiy va’da 4” operatsiyasining o‘ninchi to‘lqini davomida ushu jinoyatchi rejim Bosh vazirining idorasi, shuningdek, ushu rejim armiyasi harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni joylashgan manzil “Xaybar” raketalari bilan zarbalarga uchradi”, deyiladi Eron davlat teleradiosi keltirgan bayonotda.
IIQK, shuningdek, “Isroil Bosh vazirining taqdiri noma’lum” ekanligini ma’lum qilgan.






