“Iraqi News Agency (INA)” ma’lumotiga ko‘ra, As-Sadr Homaniyni “olim, zohid va Islom inqilobiga sodiq rahbar” deb ta’riflab, uning vafotini e’tiqod va qarshilik yo‘lidagi katta yo‘qotish sifatida baholagan.
U Qur’ondan iqtibos keltirib, mo’minlar orasida Allohga bergan ahdiga sodiq qolganlar borligini ta’kidlagan va chuqur qayg‘u bildirgan.
Avvalroq Eron davlat televideniesi Ali Xameneyi Isroil va AQSH tomonidan o‘ldirilganini xabar qilgan edi. “Tasnim” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, u 28-fevral kuni ertalab o‘z ishxonasida halok bo‘lgan.
Oyatullohning vafoti munosabati bilan Eronda 40 kunlik umumxalq motami va 7 kunlik dam olish kunlari e’lon qilingan.
Shuningdek, Islamic Revolutionary Guard Corps mamlakat tarixidagi “eng shiddatli hujum operatsiyasi” boshlangani ma’lum qildi. Keyinchalik Eron tomoni Isroil va AQSHga qarshi yangi hujumlar boshlangani e’lon qilgan.






