25 fevral kuni soat 21:48 da poytaxtda xizmat olib borayotgan Yo‘l-patrul xizmati inspektori, kichik serjant Hosilbek Eshnazarovni 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi BMW rusumli avtomobil urib ketgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Oqibatda og‘ir tan jarohati olgan inspektor uch kun shifokorlar nazoratida bo‘lgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Marhum 2022 yildan ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelgan. Uning ortidan ota-onasi, rafiqasi va uch nafar farzandi qoldi. Vazirlik marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi.






