AsosiyJamiyat

Armaniston bosh vaziri 30 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi

Арманистон бош вазири Никол Пашинян ва унинг фуқаролик никоҳидаги турмуш ўртоғи Анна Акопян биргаликдаги ҳаётига якун ясаганини маълум қилди.

'Armaniston bosh vaziri 30 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi'ning rasmi

Nikol Pashinyanning rafiqasi Anna Akopyan ijtimoiy tarmoqdagi videobayonotida fuqarolik nikohi tugaganini, bu FHYDdagı rasmiy ajrashuv emas, balki birgalikdagi hayot yakunlanganini anglatishini aytdi.

U hukumat qargohini tark etib, ijaraga olingan xonadonga ko‘chayotganini ham bildirgan.

Bosh vazir ham sahifasida post qoldirib, Anna Akopyandan kechirim so‘radi va uning qarorini hurmat qilishini ta’kidladi.

Juftlik qariyb 30 yil davomida rasmiy nikohdan o‘tmasdan yashagan va to‘rt nafar farzandni voyaga yetkazgan.

    Boshqa yangiliklar