Sankt-Peterburg shahrida ikki yoshli bola ochiq derazadan osilib qolgan paytda mo‘jizaviy tarzda qutqarildi. Bu haqda “112” kanali xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, bola qor bilan o‘ynash maqsadida ochiq derazadan egilib chiqqan. Holatni ko‘rib qolgan mahalliy ayol darhol yordamga chorlagan. Bir necha nafar o‘tkinchi birlashib, pastda kurtkani yoyib turishgan va qulab tushgan bolani shu tarzda tutib qolishgan.
Voqea joyida bo‘lgan shifokorlar zudlik bilan bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning hayoti saqlab qolingan.
Qo‘shnilarning aytishicha, bolaning oilasi nosog‘lom turmush tarzini kechiradi. Xususan, onasining spirtli ichimlikka ruju qo‘ygani aytilmogda.
Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmogda.






