AsosiyJamiyat

Ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam ajratildi

Birinchi bosqichda 616 mingdan ortiq oila davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlandi.

'Ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam ajratildi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyevning 67-son qarori ijrosi doirasida ehtiyojmand aholiga moddiy yordam to‘lovlari amalga oshirilmogda. Birinchi bosqichda 616 305 ta oilaga jami 422,4 mlrd so‘m ajratildi.

Jumladan, 225 541 ta oilaga 1 mln so‘mdan yordam berilgan bo‘lib, ularning asosiy qismini davlat ta’minotidagi oilalar, shuningdek yetim bolalar va yolg‘iz keksalar tashkil etadi. Shu bilan birga, 387 764 ta kam ta’minlangan oilaga 500 ming so‘mdan to‘lov amalga oshirildi.

Ma’lum qilinishicha, ikkinchi bosqichda qo‘shimcha ro‘yxat asosida yana bir qator oilalarga moddiy yordam berish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar