AsosiyJamiyat

Qoraqalpog‘istonda metan zapravkalari vaqtincha yopildi

Hududda sovuq kuchayishi ortidan gaz bosimi pasayib, ta'minot aholiga yo‘naltirilgan.

'Qoraqalpog‘istonda metan zapravkalari vaqtincha yopildi'ning rasmi

Hududgaz Qoraqalpog‘iston ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘istonda havo haroratining keskin pasayishi sabab magistral gaz tarmoqlarida bosim tushib ketgan. Shu munosabat bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etildi.

Ma’lum qilinishicha, gaz ta’minoti birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlariga yo‘naltirilgan. Rasmiylarga ko‘ra, vaziyat 3–4 kun ichida barqarorlashishi va gaz bosimi tiklanishi bilan shoxobchalar faoliyati bosqichma-bosqich qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilmogda.

Shuningdek, “O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, yaqin kunlarda hududda havo harorati kechalari -7 darajagacha sovishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar