AsosiyJamiyat

Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi

Muzeyda rekonstruksiya va yangi ekspozitsiya yaratish ishlari boshlanishi munosabati bilan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi.

'Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi'ning rasmi

Fanlar akademiyasi xabariga ko‘ra, 2026 yil 25 fevraldan muzey binosini rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiya yaratish ishlari boshlangani sababli u vaqtincha yopilgan.

Qayd etilishicha, yangilanishlar infratuzilmani zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, ekspozitsiyalarni boyitish hamda tashrif buyuruvchilar uchun interaktiv muhit yaratishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, muzey 1996 yil 18 oktyabr kuni Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan ochilgan bo‘lib, hozirda uning fondida 7,5 mingdan ortiq tarixiy eksponatlar saqlanadi. Muzeyning qayta ochilish sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar