Sud hujjatlariga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, mansab vakolatiidan chetga chiqish, pora olish hamda yer berish tartibini buzish bilan bog‘liq moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan.
Hukmga muvofiq, sobiq hokim 3 yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, BHMning 150 baravari miqdorida jarimaga tortildi hamda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Shuningdek, hokimlikning sobiq bosh mutaxassisi N.I. ham pora olishda aybdor deb topilib, 2 yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi va 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Sudlanuvchilar jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan. Hukm ustidan qonunda belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish mumkin.






