AsosiyJamiyat

Farg‘onadagi bog‘chalarda o‘nlab bolalar zaharlandi

Farg‘ona shahridagi bir necha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

'Farg‘onadagi bog‘chalarda o‘nlab bolalar zaharlandi'ning rasmi

Hozirda 60 dan ortiq bola statsionar davolanmoqda.

Farg'ona shahrida 20 fevral kuni 2-, 58- va 61-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida isitma, qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi va ich ketishi kabi alomatlar kuzatilgan. 21 fevral soat 19:00 dan boshlab bolalar Farg'ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Shifokorlar tomonidan ularga "O'tkir diareya kasalligi, alimentar etiologiyali" tashxisi qo'yilib, diareya bo'limiga yotqizilgan. Hozirda 62 nafar bola statsionar davolanmoqda, ularning holati qoniqarli deb baholanmoqda.

Ota-onalarning aytishicha, taomlar Garden Catering Trade MChJ tomonidan yetkazib berilgan. 20 fevral kungi menyuda go'shtli taom — "tipratikan" tifteli ham bo'lgan. Ayrim murojaatchilar bolalar go'sht mahsulotidan zaharlangan bo'lishi mumkinligini taxmin qilmogda.

Viloyat hokimining 2024 yil 25 iyuldagi qaroriga muvofiq, avval Quvasoy shahrida sinov tariqasida joriy etilgan katering tizimi keyinchalik Farg'ona shahridagi davlat bog'chalariga ham tatbiq etilgan. Keyinchalik mas'ul idoralar tomonidan mazkur korxona faoliyatida sanitariya va me'yoriy talablarga rioya qilinmaganligi aniqlandi.

Farg'ona viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi ma'lum qilishicha, hozirda sanitariya-epidemiologik mutaxassislar bog'chalar va ovqat yetkazib beruvchi korxonada tekshiruv o'tkazib, laboratoriya tahllilarini olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, 2025 yil sentyabr oyida Toshkent viloyatidagi bog'chalarda ham ommaiviy zaharlanish holati kuzatilgan, oradan bir oy o'tib Forish tumanidagi davlat bog'chalarida ham shunga o'xshash voqea sodir bo'lgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda aliment to‘lovchilarning 61 foizi rasmiy ish bilan band emas'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:05

    O‘zbekistonda aliment to‘lovchilarning 61 foizi rasmiy ish bilan band emas

    350 mingdan ortiq aliment to‘lovchilarning 61 foizi ish bilan ta’minlanmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega emas.

    'Chetga ketolmaganlarga pullari qaytariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:39

    Chetga ketolmaganlarga pullari qaytariladi

    2023-2025 yillarda ishga jo‘natish yuborish uchun amalga oshirgan qilgan, ammo turli sabablarga ko‘ra chet fuqarolarga ketmagan fuqarolar mablag‘larini qaytarib olishi mumkin.

    'Buxoroda fuqaro eshakni tiriklayin yoqib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:00

    Buxoroda fuqaro eshakni tiriklayin yoqib yubordi

    Qoraqo‘l tumanida yuz bergan usbu hodisada 37 tup yulg‘un o‘simligi ham zarar ko‘rgan.

    'Meksikada "El Mencho" laqabli yirik narkobaron o‘ldirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:43

    Meksikada "El Mencho" laqabli yirik narkobaron o‘ldirildi.

    Unining o‘limi haqidagi xabarlar ortidan mamlakating bir necha hududlarida otishmalar va tartibsizliklar boshlandi.

    'Yunusoboddagi noqonuniy kelishuv fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:38

    Yunusoboddagi noqonuniy kelishuv fosh etildi

    Toshkentda 2 gektar yer maydonini 9 million AQSH dollariga sotishga uringan shaxslar ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    'Rossiyada o‘zbekistonlik migrant bolani halokatdan qutqardi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:37

    Rossiyada o‘zbekistonlik migrant bolani halokatdan qutqardi

    Sankt-Peterburgda ettinchi qavatdan qulagan etti yoshli bola o‘zbekistonlik ishchi jasorati tufayli omon qoldi.