AsosiyJamiyat

Yunusoboddagi noqonuniy kelishuv fosh etildi

Toshkentda 2 gektar yer maydonini 9 million AQSH dollariga sotishga uringan shaxslar ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

'Yunusoboddagi noqonuniy kelishuv fosh etildi'ning rasmi

Ular 200 ming dollar oldindan olingan vaqtda qo‘lga olingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi, 1953-yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marta sudlangan ayol 1982-yilda tug‘ilgan tanishi bilan til birlashtirgan.

Ular Yunusobod tumani hududidagi tadbirkorlik sub’ektiga tegishli, ammo hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini 9 million AQSh dollariga sotishga kelishgan.

Gumonlanuvchilar mansabdor tanishlari orqali yer hujjatlarini rasmiylashtirib, uni turar joy toifasiga o‘tkazib berishni va’da qilgan.

Ular xaridordan 200 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onadagi bog‘chalarda o‘nlab bolalar zaharlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:06

    Farg‘onadagi bog‘chalarda o‘nlab bolalar zaharlandi

    Farg‘ona shahridagi bir necha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

    'Rossiyada o‘zbekistonlik migrant bolani halokatdan qutqardi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:37

    Rossiyada o‘zbekistonlik migrant bolani halokatdan qutqardi

    Sankt-Peterburgda ettinchi qavatdan qulagan etti yoshli bola o‘zbekistonlik ishchi jasorati tufayli omon qoldi.

    'Sog‘ligni saqlash vaziri tizimdag‘i illatlarga qarshi ochiq murojaat qildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:32

    Sog‘ligni saqlash vaziri tizimdag‘i illatlarga qarshi ochiq murojaat qildi.

    Sog‘ligni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov tibbiyot xodimlari va fuqarolarni korrupsiya holatlariga befaro bo‘lmaslikka chaqirdi.

    'O‘zbekistonda bog‘cha va maktablarda ikki xodim halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:40

    O‘zbekistonda bog‘cha va maktablarda ikki xodim halok bo‘ldi

    Davlat mehnat inspektsiyasi taʼlim muassasalarida mehnat xavfsizligi talablariga amal qilinmagan oqibatida oʻnlab xodimlar jarohatlangani maʼlum qildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 22.02.2026 15:37

    'Oʻzbekistonliklar martda necha kun dam oladi?'ning rasmi

    Jamiyat 22.02.2026 14:28

    Oʻzbekistonliklar martda necha kun dam oladi?

    8 va 21 mart bayramlari munosabati bilan necha kun olinishi ma’lum bo‘ldi.