AsosiyDunyo

Трамп барча давлатларга 10 фоизлик бож жорий қилди

Ushbu qadamni iqtisodiy siyosatda muhim chora sifatida baholagan.

'Трамп барча давлатларга 10 фоизлик бож жорий қилди'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump barcha davlatlarga nisbatan qo‘shimcha 10 foizlik tarif joriy etish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Prezidentning yozishicha, qaror Oval idorasida imzolangan va darhol kuchga kiradi. U mazkur qadamni iqtisodiy siyosatda muhim chora sifatida baholagan.

Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, deklaratsiya AQShga kirib keladigan tovarlarga import boji joriy etadi. Tartib 24 fevraldan amalga kiritilib, 150 kun davomida qo‘llaniladi.

Bundan avval AQSh Oliy sudi Trump tomonidan Favqulodda vaziyatlarni boshqarish to‘g‘risidagi qonun asosida joriy etilgan tariflarni noqonuniy deb topgan edi. Sud qarorida prezident vakolat doirasidan chiqqan holda mazkur qonunga tayanqani qayd etilgan.

Shundan so‘ng Trump barcha tariflar amalda saqlanib qolishini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, mazkur choralar iqtisodiy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar