AsosiyJamiyat

"O'zgidromet" tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

Bugun, 21 fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

'"O'zgidromet" tezkor ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, kunduz kuni Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona viloyatlari hamda tog‘li hududlarda ayrim joylarda shamol tezligi soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayadi.

Ayrim hududlarda esa shamol tezligi 20–23 metrgacha yetishi va chang-to‘zonlari kuzatilishi ehtimol qilinmoqda.

Avvalroq agentlik 21–22 fevral kunlari kutilyotgan yog‘ingarchilik va havo harorati o‘zgarishi sabab ayrim hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjudligi haqida ham ogohlantirgan edi.

    Boshqa yangiliklar