AsosiySiyosat

Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston prezidenti Vashingtondagi sammitda nutq so‘zlab, qator uchrashuvlar o‘tkazdi va investitsiya loyihalarini muhokama qildi.

'Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifi yakuniga yetdi. Vashington shahrida u "Tinchlik kengashi" yig‘ilishida nutq so‘zlab, G‘azo sektorini tiklash va mintaqada tinchlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini bildirdi.

Tashrif doirasida davlat rahbari AQSh rasmiylari va xalqaro moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, shuningdek, qo‘shma loyihalar va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etdi.

Tashrif yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi, aeroportda uni rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

    Boshqa yangiliklar