AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston bayrogʻini vertikal osish va dafn marosimida qoʻllash tartibi belgilanadi

Adliya vazirligi davlat bayrog‘idan foydalanish qoidalarini yanada aniqlashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

'Oʻzbekiston bayrogʻini vertikal osish va dafn marosimida qoʻllash tartibi belgilanadi'ning rasmi

Loyihaga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, bayroqni dastasiz vertikal holatda osish tartibi alohida modda bilan mustahkamlanadi. Unda oy va 12 ta yulduz tasviri yuqori o‘ng burchakda joylashishi, bayroqning pastki qismi esa yer sathidan kamida 30 santimetr baland bo‘lishi shartligi belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bayroqni teskari yoki estetik ko‘rinishini buzadigan holatda namoyish etish, uning ustiga buyum qo‘yish hamda hurmatsizlikni ifodalovchi har qanday xatti-harakatlar qat’iyan taqiqlanadi.

Hujjatda majlislar zallari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va diplomatik vakolatxonalarda bayroqni joylashtirish talablari ham aniqlashtirilmogda. Boshqa bayroqlar bilan birga namoyish etilganda O‘zbekiston davlat bayrog‘i markazda yoki o‘ng tomonda ustuvor tarzda joylashtirilishi lozim bo‘ladi. Ommaviy tadbirlarda esa u safning old o‘ng qanotida yoki markazida turishi, boshqa bayroqlardan keyin olib yurilishi taqiqlanishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, davlat bayrog‘ini tobut ustiga yopish tartibi ham alohida modda bilan belgilanib, bu huquq kimlarga berilishi va marosimdagi joylashuv qoidalari ko‘rsatib o‘tilmogda. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump: O‘zbekiston “Tinchlik kengashi” uchun milliardlab dollar ajratdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:25

    Trump: O‘zbekiston “Tinchlik kengashi” uchun milliardlab dollar ajratdi

    AQSh Prezidenti Donald Trump Vashingtonda o‘tayotgan sammitda O‘zbekiston va yana bir qator davlatlar “Tinchlik kengashi”ni moliyalashtirish uchun katta mablag‘ ajratganini ma’lum qildi.

    'Toshkentda narkolaboratoriya fosh etildi, 24 mingdan ortiq kuchli dori vositalari musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:43

    Toshkentda narkolaboratoriya fosh etildi, 24 mingdan ortiq kuchli dori vositalari musodara qilindi

    Poytaxt va viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda narkodukon faoliyatiga chek qo‘yilib, yirik miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qo‘lga olindi.

    'Ronaldo JChda zaxirada qolishga tayyor'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:30

    Ronaldo JChda zaxirada qolishga tayyor

    Portugaliya terma jamoasi sardori Kristianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionatida asosiy tarkib uchun kafolat talab qilmaypti.

    'Shahzoda Endryu Epshteyn ishi boʻyicha hibsga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:02

    Shahzoda Endryu Epshteyn ishi boʻyicha hibsga olindi

    Buyuk Britaniya politsiyasi qirol Charlz III ning ukasi shahzoda Endryuni Jeffri Epstein bilan aloqalari yuzasidan gumonlar ortidan hibsga oldi.

    '“Real” PSJ futbolchisi uchun 100 million evro taklif qilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:06

    “Real” PSJ futbolchisi uchun 100 million evro taklif qilmoqda

    Ispaniyaning "Real Madrid" klubi 20 yoshli Dezire Due transferi uchun Parizdagi PSJga 100 million evro taklif qilishga tayyor.

    'Polshada qonuniy egalik qilingan o'qotar qurollar soni birinchi marta 1 milliondan oshdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:00

    Polshada qonuniy egalik qilingan o'qotar qurollar soni birinchi marta 1 milliondan oshdi

    Har 100 polyaklikka taxminan 2,5 ta qurol to‘g‘ri keladi, bu Evropa Ittifoqidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Solishtirish uchun, Finlandiyada har 100 kishiga 32,4 ta qurol to‘g‘ri keladi.